Bloger qiz o'zining Tik Tok sahifasida bo'lajak turmush o'rtog'i unga xiyonat qilmasligining original usulini o'ylab topganligi haqida video joylashtirdi.
Ma'lum bo'lishicha, bloger yaqinda unashtirilgan. U bo'lajak turmush o'rtog'i unga xiyonat qilmasligini tasdiqlovchi notarial hujjatga qo'l qo'ydirgan.
Hujjatda qayd etilishicha, agar yigit unga xiyonat qilsa, u turmush o'rtog'ining barcha hisoblarini to'laydi.
"Men jinnilikning yangi darajasiga chiqdim, chunki yaqinda unashtirilgan bo'lajak turmush o'rtog'im notarial tasdiqlagan hujjatga imzo chekdi. Agar u menga xiyonat qilsa, u mening barcha harajatlarim hisobini to'laydi", — deydi qiz.
Ba'zi kuzatuvchilar blogerning ushbu harakatini oqilona usul deya yoqlamoqda. Lekin ayrim kuzatuvchilar esa, o'rtadagi bu ishonchsizlik kun kelib munosabatlarga chek qo'yishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling