O'zbekistonda OTMlarga kirishda qizlarda qiziqish ko'proqligi aytildi

O'tish ballari bo'yicha barcha hududlarda qizlar yetakchilik qilmoqda

Foto: Tez News<br>

Foto: Tez News

O'zbekistonda joriy yilda oliy o'quv yurtlariga o'qishga kirgan qizlar soni o'g'il bolalardan ko'ra bir necha barobar ko'p bo'ldi.

Qayd etilishicha, abituriyentlar orasida ayollar 571 ming 719 nafar, erkaklar 502 ming 103 nafarni tashkil etgan.

Ta'kidlanishicha, oliy o'quv yurtiga kirish uchun topshirilgan test sinovlarida qizlarning to'plagan o'rtacha bali yigitlarga qaraganda yuqoriroq natijani qayd etgan. Unga ko'ra, qizlar o'rtacha 66,8 ball, yigitlar esa 63,7 ball olishgan.

Shuningdek, O'zbekistonning barcha hududlarida qizlarning o'rtacha bali yigitlarnikidan balandroq natijani ko'rsatgan.

Foto: Xushnudbek telegram kanali<br>

Foto: Xushnudbek telegram kanali

"E'tiborli tomoni shundaki, birorta hududda yigitlar o'rtacha 70 ball to'play olmagan. Lekin Buxoro va Toshkent viloyatlarida qizlar bu balldan baland natijani qayd etgan", – deydi Xushnudbek Xudayberdiyev.

Ma'lumot uchun, 2021/2022-o'quv yili uchun oliy o'quv yurtlariga kirish test sinovlarida ham talabalikka qabul qilinganlarning 60 foizini xotin-qizlar tashkil etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling