Foto: CentralAsia
Oxirgi o'n yil ichida Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklar bir yillik majburiy harbiy xizmatga yuborilishi mumkin. Bu haqda Rossiya prezidenti huzuridagi Inson huquqlari bo‘yicha kengash a’zosi Kiril Kabanov o‘zining Telegram kanalida xabar berdi.
Qayd etilishicha, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan e’lon qilingan qisman safarbarlik doirasida o'n yildan kam muddatga Rossiya fuqaroligiga ega bo'lgan Rossiya Federatsiyasiningyangi fuqarolariga bir yil davomida majburiy harbiy xizmatni o'tash bo'yicha takliflar tayyorlanmoqda.
Uning so'zlariga ko'ra, bu Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va O'zbekistondan ko'chib o'tgan fuqarolarga taalluqli.
Ma'lum qilinnishicha, harbiy xizmatdan bosh tortish nafaqat harbiy xizmatga majbur bo'lgan shaxsni, balki uning oila a'zolari ham Rossiya fuqaroligidan chiqariladi.
"Ushbu tashabbusning amalga oshirilishi yuqorida sanab o'tilgan davlatlar rasmiylari tomonidan o'z fuqarolarining o'z vatanlarida jinoiy jazoga tortilishi mumkin bo'lgan ixtiyoriy asosda maxsus harbiy operatsiyada ishtirok etishini rasman taqiqlashiga adekvat javob bo'ladi", — deya ta'kidlaydi u.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling