Toshkentda 22 yoshli yigit aktrisaning uyidan tilla taqinchoqlarini o'g'irlab ketdi – video

Yigit aktrisa bilan Instagramda "Bobur paradist" nomi bilan tanilgan bloger orqali tanishgan

Foto: Zarnews<br>

Foto: Zarnews

Toshkent shahrida "Otalar soʻzi" videofilmda rol ijro etgan aktrisaning uyida vaqtinchalik yashab kelgan 22 yoshli yigit ayolning tilla taqinchoqlarini oʻgʻirladi. Bu haqda "Zamon" informatsion dasturi xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, yigit aktrisa bilan Instagramda "Bobur paradist" nomi bilan tanilgan bloger orqali tanishgan.

Aniqlik kiritilishicha, 22 yoshli yigit 17 kun davomida aktrisaning taklifi bilan uning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi uyida vaqtincha yashagan.

"8-mart kuni "Otalar so‘zi"da o‘ynaydigan aktrisa bilan opa-uka sifatida tanishtirdi. Bolalari bor ayol uyida erkak kishi yo‘qligini, kelib yashashimni taklif qildi. O‘sha yerda yashashni boshladim, 4-may kuni u menga yotoqxonada to‘rtta uzilgan tilla zanjirini berdi", — deydi sudlanuvchi.

Qayd etilishicha, ayblanuvchi xonadonda hech kim yoʻqligidan foydalanib ayolning akvarium ustida qoldirilgan 68,5 million so‘mlik tilla taqinchoqlar va boshqa qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlab, voqea joyidan yashiringan.

"Oʻsha vaqtda bu ishni qilishga majbur boʻldim. 20 gramm tillani zargarga sotdim. Oradan ikki hafta o‘tgach, ayol ustimdan yozvordi", — deya qoʻshimcha qildi yigit.

Maʼlum boʻlishicha, ayol 10 ta tilla taqinchoqligi yoʻqolganini da'vo qilgan. Ammo sud ekspertizasi va tergov jarayonlarida bu maʼlumot tasdiqlanmagan.

Maʼlumotlarga koʻra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan aybdor deb topilgan va unga nisbatan 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling