O'zbekistonga noqonuniy dron olib kirgan chet ellik shaxslar jinoiy javobgarlikka tortildi

O‘rganishlar davomida chet elliklarning aksariyati uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish tartib-qoidalarini bilmasligi aniqlangan

Foto: Sputnik O'zbekiston<br>

Foto: Sputnik O'zbekiston

2022-yilning boshidan buyon 22 nafar fuqaro uchuvchisiz uchish apparatlarini noqonuniy olib kirgani uchun javobgarlikka tortildi. Bu haqda “Dunyo” agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, soʻnggi 10 oy davomida Transport va turizm obektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti tomonidan mamlakat hududiga dron vositalarini noqonuniy olib kirgani uchun uchun 22 kishi, jumladan, 21 nafar chet ellik shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

IIV tomonidan maʼlum qilinishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar oʻrganilgan.

Bunda boshqa omillar bilan bir qatorda, aksariyat hollarda mamlakatga kelayotgan chet el fuqarolari dronlarini olib kirish boʻyicha oʻrnatilgan tartib-qoidalarni bilmasdan, bojxona chegarasi oʻtkazish punktlaridan “yashil” yoʻlak orqali oʻtib, bu kabi qurilmalarni toʻsiqlarsiz olib kirgani maʼlum boʻlgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling