Foto: GrantGo
Oʻzbekistonda mudofaa qudratini yuksaltirish, jamiyatda hukm surayotgan millatlararo totuvlikni, tinchlik va barqarorlikni asrash, munosib hissa qoʻshayotgan harbiy ayollarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida “Toʻmaris” koʻkrak nishoni taʼsis etildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar bermoqda.
Prezident qarori bilan mazkur koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi jizom va “Toʻmaris” koʻkrak nishoni hamda uning guvohnomasi tasdiqlangan.
Foto: Dunyo axborot agentligi
Hujjatga koʻra, Oʻzbekistan Markaziy bankining “Davlat belgisi” davlat unitar korxonasi tegishli vazirlik va idoralarning buyurtmalariga asosan “Toʻmaris” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini belgilangan tartibda tayyorlaydi.
Qarorga muvofiq, “Toʻmaris” koʻkrak nishoni va uning guvohnomasini tayyorlash hamda mukofotlanganlarni taqdirlash bilan bogʻliq xarajatlar budjet mablagʻlari, budjetdan tashqari mablagʻlar va qonunchilikda taqiqlanmgan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Koʻkrak nishoni vazirlik va idoralar rahbarlari (yoki ularning topshirigʻiga muvofiq, boshqa masʼul shaxslar) tomonidan 14-yanvar — Vatan himoyachilari kuni bayrami arafasida tantanali ravishda topshiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling