Foto: Xabardor.uz
Jahon banki Ukrainaga Rossiyaning 24-fevraldan buyon davom etib kelayotgan harbiy amaliyoti tufayli yuzaga kelgan favqulodda xarajatlar ehtiyojlarini qondirish uchun qo‘shimcha 500 mln dollar ajratganini ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, mablag'lar Buyuk Britaniyaning kafolati ostida o'tkazilgan.
"Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganidan so'ng, shahar infratuzilmasi, jumladan, kanalizatsiya va elektr tarmoqlarida katta vayronagarchiliklar yuz berdi. Qish yaqinlashayotgan bir vaqtda ukrainaliklar yanada xavf ostida qolmoqda", — deydi Jahon banki Prezidenti Devid Malpass.
Uning qo'shimcha qilishicha, ushbu mablag'lar davlat xizmatlarini qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling