O'zbekistonliklar o'tgan yilda nimadan ko'proq vafot etgan?

Statistika agentligi 2022-yildagi demografik vaziyat boʻyicha hisobotini eʼlon qildi.

Foto: Teznews

Foto: Teznews

Prezident huzuridagi Statistika agentligining maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-dekabr oylarida vafot etganlar soni 172,1 ming kishini, jumladan, 95 ming nafari erkaklar va 77,1 ming nafari ayollarni tashkil qilgan.

Shaharlarda 92 ming kishi, qishloq joylarda 80,1 ming kishi vafot etgan.

Roʻyxatga olingan oʻlim holatlarining asosiy qismini (55,5%) qon aylanish tizimi kasalliklari, 9,6 foizini nafas olish tizimi kasalliklari, 8 foizini neoplazmalar, 5,5 foizini baxtsiz hodisalar, zaharlanish va shikastlanishlar, 4,1 foizini ovqat hazm qilish tizimi kasalliklari, 1,4% - yuqumli va parazitar kasalliklar, 15,9% - boshqa kasalliklar.

Nisbatan kam sonli oʻlimlar yanvar va sentyabr oylarida, eng koʻprogʻi esa iyul va avgust oylarida qayd etilgan.

Yosh guruhlari boʻyicha oʻlim darajasi 20 yoshgacha boʻlgan 20%, 24,6% - 20 yoshdan 59 yoshgacha va 55,4% - 60 va undan katta yoshdagilar.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling