Farg'onada multiradar bilan xizmat o'tayotgan xodimlar faoliyatiga qarshilik ko'rsatgan fuqarolar 15 sutkaga qamaldi — video

Fuqarolarning biri YPX xodimni haqorat qilib, ularni ishdan boʻshatib yuborish bilan tahqid qilganin

Foto: Videodan kadr

Foto: Videodan kadr

IIVning maʼlum qilishicha, joriy yilning 6-oktyabr kuni aka-uka fuqarolar Fargʻona shahar Kichik xalqa yoʻlida xizmat olib borayotgan multiradar bilan xizmat olib borayotgan xodimlarning xizmat avtomobili oldiga kelib, ular bilan tortishishgan.

Videoda fuqarolarning biri YPX xodimni haqorat qilib, ularni ishdan boʻshatib yuborish bilan tahqid qilganini koʻrish mumkin.

Qayd etilishicha, yigitlarning bu ishlari JIB Fargʻona shahar sudida koʻrib chiqilgan.

“Xodimlar bilan tortishib, notoʻgʻri ish qildik. Qilgan ishimdan pushaymonman. Hammadan uzr soʻrayman”, - deydi yigitlarning biri. Shuningdek, bu aka-ukalarning otasi ham uzr soʻragan.

Sud hukmi bilan ularga MJtKning 183 (mayda bezorilik) va 194-moddasi (ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) 1-qismi bilan 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling