Kuchli qor bo'ronidan so'ng Niagara sharsharasi muzlab qoldi — foto, video

Har soniyada jar tepasidan 3160 tonna suv oqib tushadi

Foto: CentralAsia<br>

Foto: CentralAsia

Soʻnggi kunlarda AQSh va Kanadaning ayrim hududlarida kuzatilgan qattiq sovuq va qor boʻronlari tufayli kattaligi boʻyicha dunyoda ikkinchi oʻrinda turuvchi Niagara sharsharasi qisman muzlab qoldi. Bu haqda “BBC” xabar bermoqda.

Foto: CentralAsia

Foto: CentralAsia

Qayd etilishicha, sharsharaga yaqin xiyobon tanib boʻlmaydigan darajada oʻzgarib ketgan. Xabarga koʻra oʻrindiqlar, daraxtlar va sharshara atrofidagi panjaralarni muzlab, qalin qor bilan qoplangan. Sharsharaning oʻzida ham katta muz palaxsalarini koʻrish mumkin.

Foto: CentralAsia

Foto: CentralAsia

Niagara tepadan oqib tushadigan suv hajmi tufayli toʻliq muzlab qololmaydi. Har soniyada jar tepasidan 3160 tonna suv oqib tushadi.

Qor boʻroni AQShga 23-dekabr kuni yopirildi. Nyu-York shtatida favqulodda holat eʼlon qilindi.

Foto: CentralAsia

Foto: CentralAsia

Maʼlumotlarga koʻra, AQSHda qor boʻroni va sovuq havo oqibatida 78 kishi halok boʻlgan. Oʻlim holatlari Kolorado, Kanzas, Kentukki, Ogayo, Nebraska, Missuri, Oklaxoma, Michigan, Janubiy Karolina, Tennessi, Viskonsin, Illinoys va Vermontda qayd etildi. Nyu-York hukumati endi havo ilishi natijasida shtatda suv toshqini yuz berishidan xavotirlanmoqda.

Boʻron chogʻida havo harorati -45 darajagacha tushib ketdi. Bir necha kishi oʻz avtomobillarida oʻlik holda topilgan, baʼzilar qor tozalash vaqtida yurak bilan bogʻliq muammolar yuz bergani tufayli vafot etgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling