Manchester Yunayted yulduzlari ovqatdan zaharlanishdi

Harry Maguayr soppa-sog'ligi aytilmoqda

Foto: google source

Foto: google source

Moldovada “Sherif” ustidan qozonilgan ishonchli gʻalabadan soʻng uyga qaytayotgan “Manchester Yunayted” futbolchilari ovqatdan zaharlanish oqibatida aziyat chekishdi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, 12 nafar oʻyinchi oʻzini yaxshi his qilmayapti. Oʻyindan soʻng zudlik bilan shaxsiy samolyotda qaytgan futbolchilar yegan ovqatlari oqibatida yoki samolyotning oʻzida boʻlgan biror narsa taʼsirida ogʻrib qolishgan, deb taxmin qilinmoqda.

Baʼzi futbolchilar juma kungi Karringtondagi tiklanish mashgʻulotlarini oʻtkazib yuborishgan. Hatto ayrimlari ertasi kuni ham oʻziga kela olmagan.  “Qizil iblislar”ning “Lids”ga qarshi yakshanbaga belgilangan oʻyini qoldirilgani ularning foydasiga ishlagan.

Angliya terma jamoasidan chaqiruv olgan Harri Maguayr va Lyuk Shou zararlanganlar orasida emas.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling