Van Gogdan keyin navbat Monega, ekofaollar qiymati 110 mln dollarlik rasmga kartoshka pyuresi quyib tashladi — video

Ikki faol qo‘lga olingan, ularga binoga noqonuniy kirib, mulkka zarar yetkazganlik aybi qo'yilmoqda

Videodan lavha

Videodan lavha

Letzte Generation (“Oxirgi avlod”) tashkilotining eko-faollari fransuz impressionisti Klod Monening rasmiga kartoshka pyuresi quyib tashladi. Bu haqda faollar twitterda ma'lum qildi.

Potsdam Barberini muzeyida ko'rgazmaga qo'yilgan "Haystacks" turkumidagi kartina jiddiy shikastlandi. Pyureni rasm ustiga quygandan so'ng, eko-faollar uning ostidagi devorga kaftlarini yelim bilan yopishtirib olgan. The New York Times gazetasining yozishicha, rasmning qiymati 110 mln dollardan ko'proqqa baholangan.

"TASS"ning qayd etishicha, ikki faol allaqachon qo‘lga olingan, ularga binoga noqonuniy kirib, mulkka zarar yetkazganlik aybi qo'yilmoqda.

Avvalroq Just Stop Oil tashkiloti ekologik faollari London milliy galereyasida joylashgan Van Gogning “Kungaboqarlar” kartinasiga pomidor sho‘rvasini quygan edi. San'at hayotdan qimmatroqmi? Yana ovqatmi? Yana adolatmi? —  deyiladi tashkilot xabarida.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling