Amerikada qor bo'roni oqibatida 7 mingdan ortiq reyslar bekor qilindi, qurbonlar soni 20 dan ortdi

1,8 mln aholi elektr energiyasisiz qolgan

Foto: WSJ

Foto: WSJ

AQSH bo‘ylab davom etayotgan qor bo‘roni oqibatida kamida 23 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda NBC. 

Haroratning keskin pasayishi rekord darajadagi rojdestvo kechasini olib kelishi kutilgan edi. Butun mamlakat boʻylab energiya tizimlaridagi ahvol issiqlik va boʻron bilan bogʻliq ehtiyojlarning ortishi tufayli yanada taranglashdi.

Maʼlumotlariga koʻra, soʻnggi uzilishlar 1.8 mln uy va korxonalarning elektr taʼminotisiz qolishiga sababchi boʻldi. Koʻpgina elektr kompaniyalari isteʼmolchilardan katta kuchlanishli jihozlarni ishga tushirmaslikni, ortiqcha chiroqlarni oʻchirish orqali energiyani tejashni soʻrashyapti.

 So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 500 mingdan ortiq aholi elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni boshidan kechirmoqda, shularning yarmidan ko‘pi — sharqiy Men shtati aholisidir.

CNN yozishicha, noqulay ob-havo sharoitida halok bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar 21-dekabr, chorshanba kunidan buyon kelib tushmoqda, bo‘ron 23-dekabr kuni avjiga chiqqan. Qayd etilishicha halok bo'lganlar soni 23 nafarni tashkil qiladi.

Flightaware portali ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi ikki kun ichida Amerikada 7,3 mingdan ortiq reyslar bekor qilingan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling