Foto: Aniq.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Xorazmda ayol shifokorlarning aybi sababli vafot etgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda. Mazkur xabarlar yuzasidan viloyat sog'liqni saqlash boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unga ko'ra, 12-sentyabr kuni Xorazm viloyati Yangibozor tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq kompleksida 24 yoshli ayol farzandli bo'lgan.
Qayd etilishicha, Shirinqo‘ng‘irot qishlog‘i, “Ochanqal’a” mahallasida yashagan ayolda tug‘ruqdan keyin qon ketishi kuzatilgach, bachadon ortig‘i bilan olish jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgan.
Ma'lumotlarga ko'ra, operatsiyadan keyin ayol 13-sentyabr kuni RSHTYOIM Xorazm filialiga o‘tkazilgan va ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, 14-sentyabrda filialning jonlantirish bo‘limida vafot etgan.
Xabarga ko'ra, ayolning o‘limi sababini aniqlash yuzasidan komissiyaviy sud – tibbiy ekspertizasi shifokorlarning harakatlari yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Ma'lum qilinishicha, holat yuzasidan Yangibozor tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling