Surxondaryoda bozor qurilishida 538 mln so'm talon-taroj qilingani ma'lum bo'ldi

Holat yuzasidan jinoiy ish qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda

Foto: Bosh prokratura huzuridagi Departament matbuot xizmati<br>

Foto: Bosh prokratura huzuridagi Departament matbuot xizmati

Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida qurilish sodir etilgan talon-tarojlar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokratura huzuridagi Departament xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruvlar oʻtkazilgan. Olib borilgan tekshiruv davomida “T.M.” MCHJ ni rasmiy boshqarib kelgan fuqaro va boshqa bir qator shaxslar Termiz markaziy dehqon oziq-ovqat bozorini qurilishida amalda bajarilmagan qurilish ishlarini qoʻshib yozish holatlari aniqlangan. Shuningdek, qoʻshib yozish orqali jami 538 million soʻmni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilgani maʼlum boʻlgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata bilan talon-taroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirda tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling