Foto: Xalq so'zi
Endilikda davlat bayramlari dam olish kunlariga toʻgʻri kelsa, xodomlarga qoʻshimcha dam olish kunlari beriladi. Bu haqda prezident tomonidan 2022-yil 28-oktyabr kuni imzolangan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonunda belgilandi.
Qayd etilishicha, dam olish kuni davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga toʻgʻri kelgan taqdirda boshqa kunga koʻchiriladi.
Shuningdek, mehnat taʼtilining minimal davomiyligi kalendar kunlarda (15 ish kuni oʻrniga 21 kalendar kuni) belgilangan.
Kodeksga koʻra, yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar va ular
bilan bevosita bogʻliq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga
solishning asosiy prinsiplari etib quyidagilar belgilangan:
— mehnat huquqlarining tengligi, mehnat va mashgʻulotlar sohasida kamsitishni taqiqlash;
— mehnat erkinligi va majburiy mehnatni taqiqlash;
— mehnat sohasidagi ijtimoiy sheriklik;
— mehnat huquqlari taʼminlanishining va mehnat majburiyatlari bajarilishining kafolatlanganligi;
— xodimning huquqiy holati yomonlashishiga yoʻl qoʻyilmasligi.
Jumladan, mehnat erkinligi har kimning mehnat
qilishga boʻlgan oʻz qobiliyatlarini tasarruf etish, ularni qonun bilan
taqiqlanmagan har qanday shaklda amalga oshirish, mashgʻulot turini,
kasbni va mutaxassislikni, ish joyini hamda mehnat sharoitlarini erkin
tanlash huquqini anglatadi.
Ushbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 6 oy oʻtgach kuchga kiradi. Qonun kuchga kirishi bilan “Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qonun oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling