Foto: Transport vazirlig matbuot xizmati
5-dekabr sanasidagi Toshkentdan qatnaydigan barcha shaharlararo avtobus qatnovlari noqulay ob-havo sharoiti sababli bekor qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Respublikada kuzatilayotgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli yoʻllarda yuzaga kelgan muzlamalar sababli yoʻlovchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida 2022-yilning 5-dekabr sanasidan Toshkent avtovokzalidan amalga oshiriladigan barcha shaharlararo avtobuslar harakati vaqtinchalik bekor qilindi", — deyiladi xabarda.
Xabarga koʻra, yoʻnalishlarda qatnovlarning qayta tiklanishi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.
Avvalroq, Toshkentdagi gaz bosimi pasayib ketishi oqibatida ayrim gaz quyish shoxobchalarining faoliyati vaqtincha toʻxtatilgani haqida xabar berilgan edi.