Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob poyezdi nimanidir yoki kimnidir urib ketganmi?” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Transport prokuraturasi rasmiy bayonot berdi.
Qayd etilishicha, 11-noyabr kuni soat 05:31 da “Buxoro-Samarqand-Toshkent yoʻnalishidagi 765-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” tez yurar yoʻlovchi poyezdi “Zirabuloq – Kattaqoʻrgʻon temir yoʻl bekatlari oraligʻining 3816 km 3-piketida temir yoʻl izida qarovsiz yurgan 18 bosh qoʻyni urib yuborgan.
Xabarga koʻra, mazkur holat boʻyicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qoʻylarni egasi hamda yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hozirgi kunda Samarqand viloyati Transportda XTB tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling