Toshkent viloyatida noma'lum yirtqich paydo bo'lgani aytilmoqda

Yirtqich uy hayvonlarga hujum qilib, ularni yeb ketgan

Foto: telegram

Foto: telegram

Toshkent viloyati Parkent tumanida joylashgan “Zarkent” MFYda noma'lum yirtqich uy hayvonlariga hujum qilmoqda. Bu haqda “Millar” informatsion dasturida xabar berildi.

Ma'lum bo'lishicha, qishloq aholisi yirtiq sababli ko'chaga chiqishga qo'rqib qolgan. Hujumga uchragan uy hayvonlari o'lik holda yurak va jigarisiz topilgan.

Ta'kidlanishicha yirtqich odamlarga ham tashlangan, biroq fuqaro bu haqida gapirishni xohlmagan.

Yirtqich chiyabo'ri bo'lishi mumkin degan taxminlar bor.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling