AQShda samolyot turar-joy binosiga qulab tushdi

Ko'p qavatli binoda hech kim jabrlanmagan, biroq samolyot bortidagi hamma vafot etgan

Foto: Mirror<br>

Foto: Mirror

AQShning Nyu-Hempshir shtatidagi Kin shahrida bir dvigatelli Beechcraft Sierra ikki qavatli turar-joy binosiga qulab tushdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, hodisa 21-oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan tahminan 18:55 (Toshkent vaqti bilan 22-oktyabrga o'tar kechasi soat tahminan 03:55) da sodir bo'lgan.

"Ko'p qavatli uyda hech kim jabrlanmagan. Afsuski, samolyotdagi barcha halok bo'ldi", — deyiladi shahar ma'muriyati bayonotida.

Foto: Mirror<br>

Foto: Mirror

Ma'lum qilinishicha, samolyot bortidagi odamlar soniga aniqlik kiritilmagan. Mazkur hodisa oqibatida yong'in kelib chiqqan. Voqea joyiga zudlik bilan o't o'chiruvchilar guruhi yetib kelgan.

Xabarga ko'ra, ekipaj qo‘nish vaqtida muammolarga duch kelgani taxmin qilinmoqda. Sababi Kin aeroportining uchish-qo‘nish yo‘lagi turar joy binosidan atigi bir kilometr masofada joylashgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling