Shaxmat bo‘yicha xalqaro musobaqalar g‘oliblariga beriladigan pul mukofotlari miqdori belgilandi

Grossmeyster unvonini olgach, 30 million so'm to'lanadi

Foto: Kun.uz<br>

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston Prezidenti 5-avgust kuni “Shaxmatni yanada ommalashtirish va rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Unga ko'ra, Jahon shaxmat olimpiadasi g'oliblariga oltin medal uchun - sportchiga 600 million so'm, murabbiyga 300 millon so'm, kumush medal uchun 300 millon so'm, murabbiyga 150 millon so'm, bronza medali uchun esa 150 millon so'm, murabbiy uchun 75 millon so'm miqdorda mukofot pullari belgilandi.

Xalqaro shaxmat federatsiyasi musobaqalari g‘oliblariga:

oltin medal – sportchiga 90 million so‘m, murabbiyga 45 million so‘m;

kumush medal – sportchiga 45 million so‘m, murabbiyga 22,5 million so‘m;

bronza medali – sportchiga 22,5 million so‘m, murabbiyga 10,5 million so‘m.

FIDE tomonidan Osiyo turnirlari:

oltin medal – sportchiga 21 million so‘m, murabbiyga 10,5 million so‘m;

kumush medal – sportchiga 10,5 million so‘m, murabbiyga 5,25 million so‘m;

bronza medali – sportchiga 5,25 million so‘m, murabbiyga 2,6 million so‘m.

Grossmeyster unvonini olgach, 30 million so'm to'lanadi.

Eslatib o'tamiz , O'zbekiston erkaklar terma jamoasi Jahon shaxmat olimpiadasida ilk bor oltin medalni qo'lga kiritdi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling