Foto: Kinoforum
Taniqli turk aktyori Murat Yildirim va uning rafiqasi Iman Elbani farzandli boʻldi. Koʻp qiyinchiliklar va bir necha yoʻqotishlardan soʻng juftlikning qiz farzandi dunyoga keldi. Bu haqda "Kinoforum" xabar bermoqda.

Foto: Kinoforum
Maʼlum qilinishicha, ular qizchaga Miray deb ism qoʻygan.
Aktyor Murat Yildirim ushbu yangilikni oʻzining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida maʼlum qilgan.
Murat xushxabar bilan boʻlishar ekan, muxlislariga ham minnatdorchilik bildirgan.

Foto: Pinterest
"Barchaga katta rahmat. Uzoq vaqt duo qildingiz, yaxshi tilaklar bildirdingiz. Nihoyat, qizimiz Miray dunyoga keldi. Biz juda ham baxtlimiz", – deydi u.
Maʼlumot uchun, Murat Yildirim va marokashlik model Iman Elbani 2016-yilda turmush qurgan. Nikoh marosimi 2016-yilning 25-dekabr kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan.