Foto: The Mirror
Janubiy Koreyadagi avtomagistral tunnelida avtobus va yuk mashinasi toʻqnashib ketishi oqibatida tunnelda yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda “The Mirror” xabar bermoqda.
Foto: Toronto.star
Qayd etilishicha, voqea Seul janubidagi Gvacheon shahridagi shossedagi tunnelda sodir boʻlgan.
Hodisa oqibatida ikki kishi halok boʻlgan. Shuningdek, 37 kishi jarohatlangan, ulardan ikki nafarining ahvoli ogʻir.
Foto: The Mirror
Maʼlum boʻlishicha, toʻqnashuv tunnel tashqarisida sodir boʻlgan. Dartlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa qoibatida yuk mashinasida yongʻin kelib chiqqan. Shundan soʻng yongʻin tarqalib ketgan. Xabarlarga koʻra, hodisa joyiga 140 nafar oʻt oʻchiruvchi yuborilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling