Isroil Gʻazo sektoriga hujumlarini qayta boshladi

Hujum oqibatida 15 kishi halok boʻlgan va kamida 125 kishi yaralangan

Foto: Reuters<br>

Foto: Reuters

Isroil 6-avgust kuni G'azo sektoriga qayta hujum uyushtirdi va bu o'z raketalarini uchirishga hozirlanayotgan "Islomiy jihod" jangarilariga qarshi zarba ekanini aytdi. Bu haqda "РИА Новости" xabar bermoqda.

Unga koʻra, Isroil harbiylari uchta turar-joy binosiga zarba bergan, ulardan biri butunlay vayron boʻlgan. Shuningdek, amaliyot davomida qurol-yarog‘ omborlari, raketa uchirish maydonchalari, mustahkamlangan postlar yo‘q qilinmoqda. Bundan tashqari, terrorchilar Isroil hududiga kirish uchun foydalangan tunnel vayron qilinganligi aytilmoqda.

Falastin Sogʻliqni saqlash vazirligi hujum oqibatida 15 kishi, jumladan bir bola va ikki ayol halok boʻlgani, kamida 125 kishi yaralanganini maʼlum qildi.

O'z navbatida, Falastin bunga javoban Isroil hududi tomon raketa otishni davom ettirmoqda. Harbiy amaliyot boshidan buyon radikallar jami 585 ta raketa uchirdi, ulardan 470 tasi Isroil tomoniga oʻtgan, 115 tasi esa Falastin anklaviga tushgan.

Shu bilan birga, Isroil shaharlari osmonida "Temir gumbaz" havo mudofaa tizimi tomonidan taxminan 185 ta raketa tutib olingan.

Armiya matbuot xizmati vakilining taʼkidlashicha, Isroilni Gʻazo hujumidan himoya qiladigan "Temir gumbaz" havo mudofaa tizimining samaradorligi 97 foizni tashkil qiladi.

BMT rasmiylari, shuningdek, Misr va Qatar rasmiylari tomonlarni hujumlarni toʻxtatishga chaqirmoqda. Biroq, maʼlumotlarga qaraganda, mojaroning yanada avj olishi Gʻazoni nazorat qilayotgan "HAMAS" islomiy guruhi janglarga qoʻshilish qaroriga kelishiga bogʻliq boʻladi.

Isroil Bosh vaziri Yair Lapid va Mudofaa vaziri Benni Gans qo‘shma bayonotda zarbalar Isroil fuqarolariga nisbatan o‘ziga xos tahdidni bartaraf etish hamda “terrorchilar va ularning hamkorlariga” zarar yetkazishga qaratilganini aytgan.

Xabarlarga koʻra, 5-avgust kuni kechqurun “Islomiy jihod” guruhi Isroil havo hujumi oqibatida qo‘mondonlardan biri halok bo‘lgan. Al-Jabariy "Islomiy jihod"ning "HAMAS" guruhi bilan aloqasini muvofiqlashtirgan. Shuningdek, al-Jabariy Isroil hududiga ko‘plab teraktlar va raketa hujumlarida ishtirok etgan.

Eslatib o'tamiz, Isroilning “Islom davlati” terrorchilik guruhiga qarshi operatsiyasi chegaradagi nisbiy xotirjamlikka barham bergan. Oxirgi yirik to‘qnashuv 2021-yilning may oyida bo‘lib, Isroil va Falastin o‘rtasida 11 kun davom etgan shiddatli janglarda kamida 260 kishi halok bo‘lgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling