Foto: CentralAsia
Braziliyada ko‘prik qulashi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Globo portali xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, hodisa 28-sentabr kuni ertalab Amazonas shtatida, Manausdan 102 km uzoqlikdagi Kareyro shahridagi BR-319 avtomagistralining 25-kilometrida sodir bo‘lgan.
Foto: CentralAsia
Maʼlum qilinishicha, mazkur voqea vaqtida ko‘prikda transport vositalari bo‘lgan.
Xabarda qayd etilishicha, koʻprik qulashi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgan, 14 kishi yaralangan. Bundan tashqari, 8 dan 15 gacha odam bedarak yo'qolgani aytilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, hammasi bo'lib kamida 12 ta mashina suvga tushib ketgan. Hozirda g‘avvoslar bedarak yo‘qolganlarni qidirish bilan band.
Foto: CentralAsia
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling