Samarqand viloyati Urgut tumanida “Lacetti” haydovchisi toʻrt nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 25-oktyabr kuni soat taxminan 22:30 larda Urgut tumani “Gʻoʻs” mahallasi hududidan ichki yoʻldan katta tezlik bilan kelayotgan Lacetti shu yoʻlda harakatlanib ketayotgan toʻrt nafar piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida ikki nafar piyoda ogʻir tan jarohati olib Urgut tuman tibbiyot birlashmasida vafot etgan. Jabrlanuvchilarning ikki nafari turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling