Foto: Orda
Qozogʻistonning Olmaota shahrida joylashgan eski buyum bozorida kuchli yongʻin sodir boʻldi. Bu haqda Zakon.kz xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, 11-noyabr kuni favqulodda vaziyatlar boʻlimiga yongʻin sodir boʻlgani haqida xabar kelib tushgan. Zudlik bilan yongʻinni bartaraf etish uchun uchta boʻlinma jalb etilgan.
“Yongʻin qutqaruv xizmati xodimlari maxsus texnikalarda voqea joyiga yetib kelishgan. Yongʻinni bartaraf etish choralari koʻrilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Hudud politsiya tomonidan oʻrab olingan. Hozircha halok boʻlganlar va jarohatlanganlar haqida maʼlumot yoʻq.