Dubaydagi osmono'par binoda yong'in sodir bo'ldi — video

Jabrlanganlar va halok boʻlganlar haqida aniq maʼlumot yoʼq

Foto: Videodan lavha<br>

Foto: Videodan lavha

Dubay markazida joylashgan 35 qavatli osmonoʻpar bino yonib ketdi. Bu haqda ABC News xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, voqea 7-noyabr kuni ertalab Burj Xalifa yaqinidagi Emaar koʻp qavatli uydagi turar-joy binosida sodir boʻlgan. Maʼlum qilinishicha, dastlab yongʻin chiqqan vaqtda ichkaridagi signalizatsiya ishlamagan.

Hozirda yongʻin oʻchirilgan, jabrlanganlar va qurbonlar haqida aniq maʼlumot yoʻq.

Maʼlumot uchun, ushbu bino arab dunyosidagi davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlanadigan eng yirik ishlab chiqaruvchi Emaar tomonidan 8 Boulevard Walk deb nomlangan minoralar guruhining bir qismidir.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar