Pokistonda musson yomg'irlari va toshqinlar oqibatida halok bo'lganlar soni qariyb 1700 nafarni tashkil qildi

Halok bo'lganlarning 630 nafari bolalar va 340 nafarini ayollar ekanligi aytilmoqda

Foto: TRT<br>

Foto: TRT

Pokistonda iyun oyining o‘rtalaridan beri sodir bo‘lgan musson yomg‘irlari va suv toshqinlari qurbonlarining umumiy soni 1695 kishiga yetdi, 12865 kishi jarohat oldi.

Qayd etilishicha, yomg'ir va suv toshqini tufayli halok bo'lganlarning 630 nafari bolalar va 340 nafarini ayollar tashkil qiladi.

Ma'lum qilinishicha, janubdagi Sind viloyatida 759 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, janubi-g‘arbiy Balujistonda 336 kishi hamda shimoli-g‘arbiy Xayber-Paxtunxva 307 kishi halok bo‘lgan.

Bundan tashqari, Pokistonning turli hududlarida 2 milliondan ortiq uy vayron bo‘lgan, 1,1 million bosh chorva nobud bo‘lgan.

Xabarda aytilishicha, suv toshqinlari 84 ta okrug va 33 mingdan ortiq kishiga zarar yetkazgan. Shu bilan birga, yog‘ingarchilik mavsumi boshlanganidan buyon 13254,49 km yo‘l va 440 ko‘prik shikastlangan.

Ma'lumotlarga ko'ra, hozirda davlat idoralari, ko‘ngillilar va nodavlat tashkilotlari seldan jabr ko‘rgan hududlarda qutqaruv va yordam ishlarini olib bormoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling