Turkiyaning gʻarbiy qismida, Istanbul yaqinidagi Marmara dengizida zilzila sodir boʻldi. Yevropa-Oʻrtayer dengizi seysmologik markazi (EMSC) maʼlumotlariga koʻra, uning kuchi 6 ballni tashkil qilgan. Turkiya Sogʻliqni saqlash vaziri Fahrettin Koja zilzila oqibatida 35 ga yaqin odam jabrlanganini maʼlum qildi.
AQSH Geologiya xizmati maʼlumotlariga koʻra, silkinishlar Istanbuldan 170 km sharqda sodir boʻlgan.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Duzche shahrining janubi-sharqida, oʻchogʻi 6 km chuqurlikda boʻlgan. Mahalliy matbuotning yozishicha, silkinishlar Turkiyaning shimoli-gʻarbiy va markaziy qismidagi koʻplab hududlarda, xususan Anqara, Istanbul, Sakarya va Bursada sezilgan.
Maʼlum qilinishicha, voqea oqibatida halok boʻlganlar yoʻq. Ayrim hududlar elektr tarmogʻidan uzilib qolgan.