Britaniya razvedka xizmatlari: "Rossiya qoʻshinlari charchagan, oʻq-dorilar tugash arafasida"

Britaniya aloqa markazi rahbari Rossiyaning Ukrainadagi urushga sarflagan sarf-xarajatlari odam va texnika jihatidan hayratlanarliligini aytdi

Foto: Yahoo Movies Canada

Foto: Yahoo Movies Canada

Buyuk Britaniya hukumati aloqa markazi rahbari Jeremi Fleming oʻz bayonotida “Ukraina urush toʻlqinini oʻzgartirdi, u toliqqan holatda boʻlgan Rossiya kuchlariga qarshi turibdi”, — deya fikr bildirdi.

Buyuk Britaniya hukumati aloqa markazi maʼlumotlariga koʻra, Ukraina hududiga qilingan yirik raketa hujumlariga qaramay, rossiyalik harbiylarning oʻq-dorilari tugab bormoqda va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning qarorlari xato boʻlib chiqdi.

"Rossiyaning Ukrainadagi urushga sarflagan sarf-xarajatlari odam va texnika jihatidan hayratlanarli, ammo urushning dastlabki oylarida rus qoʻshinlarining jang maydonida erishgan barcha muvaffaqiyatlari endi bekor boʻldi", — deydi Fleming.

Vaziyatga baho berishda Putin qanchalik adashganini Rossiya fuqarolari ham koʻrishmoqda, deya xabar berdi Britaniya maxsus xizmati.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling