Foto: Teznews
Andijon viloyatida oʻz joniga qasd qilgan bolaning hayoti saqlab qolindi. Bu haqda UzNews.uzʻga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 27-fevral kuni soat 08:40 larda Shahrixon tumani “Bobochek” MFY “Qizil arab” koʻchasida yashovchi 11 yoshli Gʻ.M. yashash xonadonidagi omborxona toʻsiniga somon press ipiga oʻzini oʻzi osib, oʻz joniga suiqasd qilgan. Shu vaqtda uning onasi M.E. bu holatni koʻrib qolib, oʻgʻlini qoʻtqarib qolgan. Shundan soʻng, bola tuman shifoxonasiga yotqizilib, uning hayoti saqlanib qolingan.
Aniqlanishicha, M.E. tumandagi 30-maktabning 5-sinfida tahsil olgan.
Voyaga yetmagan M.E.ga yetkazilgan tan jarohatlarning ogʻirlik darajasini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Hodisa joyi koʻzdan kechirilib, somon press ipi tekshirish uchun daliliy ashyo sifatida olingan.
Hozirda Shahrixon tuman prokuraturasi tomonidan bolaning joniga qasd qilganlik sabablarini aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari oʻtkazilmoqda.