Foto: Norma.uz
Ijtimoiy tarmoqlarda Qarshi shahridagi bog‘chada 50 nafarga yaqin bolada ovqatdan zaharlangani haqida xabarlar tarqaldi. Maktabgacha ta'lim vazirligi ushbu xabar yuzasidan munosabat bildirdi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i S.Rajabovning ma'lum qilishicha, 17-sentabr kuni Qarshi shahar, “Qo‘rg‘oncha” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi bo'lgan bola o‘tkir diariya tashhisi bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasining 7-bo‘limiga yotqizilgan.
Qayd etilishicha, epidemiologik surishtirish davomida bemorda ich ketish, ko‘ngil aynish, holsizlik, isitma ko‘tarilishi kuzatilgan.
Xabarlarga ko'ra, ayni paytda bemorning ahvoli yaxshi, davo muolajalari olib borilmoqda.
Shuningdek, SEO va JSX Qarshi shahar bo‘limi bo‘limga mazkur bog'chada tarbiyalanayotgan bolalar o‘rtasida ovqatdan zaharlanish holati bo‘yicha tezkor xabarnoma kelib tushmagani ma'lum qilingan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling