"Vaqti kelib ular, albatta, javob berishadi" — Rasul Kusherbayev energetika sohasini tanqid qildi

Deputat issiq kabinetlarda kofe ichib oʻtirgan noʻnoq rahbarlardan noroziligini bildirgan

Foto: Telegram<br>

Foto: Telegram

Oʻzbekiston Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mamlakatdagi gaz quyish shoxobchalarida kuzatilayotgan navbatlar haqida fikr bildirdi.

Uning qayd etishicha, metan “zapravka”laridagi turnaqator navbatlar energetika sohasidagi asl ahvolni koʻrsatmoqda.

“Oʻzim ham energetika sohasini shu ahvolga solib, issiq kabinetlarda kofe ichib oʻtirgan noʻnoq rahbarlardan qattiq noroziman.

Vaziyatni shu darajaga olib kelgan, gaz konlarimizni suv tekinga berib yuborib, oʻzlari ”villa“larda dam olib yurganlar unutmasin: har bir yurtdoshimiz chekayotgan aziyati uchun vaqti kelib ular albatta javob berishadi“, — deydi Kusherbayev.

Avvalroq, Toshkentda gaz bosimi pasayib ketgani sababli ayrim metan ”zapravka"lari vaqtinchalik yopilgani haqida xabar berilgan edi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling