Foto: sovanews
AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi Rossiya boshlagan urush tugamaguncha Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirishga chaqirdi. Bu haqda u Berlinda G7 parlamentlari raislarining matbuot anjumanida ma’lum qildi.
“Buning uchun muhim xavfsizlik yordami, insonparvarlik ko'magi, iqtisodiy yordam va sanksiyalar kerak, buning azobini Rossiya his qilishi darkor”, — deydi Amerika Kongresi Vakillar palatasi spikeri.
Pelosi jangovar harakatlardan so‘ng Ukrainani qayta tiklash zarurligini ta’kidlagan va buning uchun muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishni taklif qilgan.
Eslatib o‘tamiz, Oliy Rada spikeri Ruslan Stefanchuk AQSh Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi bilan uchrashuv o‘tkazgan va unga Ukrainaning harbiy ehtiyojlari ro‘yxatini topshirgan edi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling