Toshkentda bir nechta onkologiyaga ixtisoslashgan shifoxona binolari sotuvga qo'yildi

Binolar nima sababdan sotuvga qo'yilgani haqida rasmiy ma'lumot berilmagan

Foto: E-Auksion

Foto: E-Auksion

Telegram'da Toshkentdagi onkologiya kasalliklariga ixtisoslashgan bir nechta shifoxonalar bino va inshootlari sotuvga qo'yilgani haqida xabar tarqaldi.

Ma'lum qilinishicha, respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining bino va inshootlari sotilmoqda. Bino boshlang'ich narxi 281.7 mlrd etib belgilangan. Uning maydoni sal kam 10 gektar bo'lib, Toshkent shahar, Shayhontohur tumanida joylashgan.

Shuningdek, Toshkent viloyati onkologiya kasalliklari shifoxonasining bino va inshootlari ham sotuvga qo'yilgan. Boshlangʻich narxi 92 mlrd soʻm, umumiy maydoni esa 2,68 gektarni tashkil qiladi. Shifoxona Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan.

Bundan tashqari, Chilonzor tumanida joylashgan, Toshkent shahar onkologiya kasalliklari shifoxonasi bino va inshootlari ham sotilmoqda. Uning boshlangʻich narxi 160,4 mlrd soʻm, egallagan maydoni esa 4,64 gektar.

Hozircha ushbu binolar nima sababdan sotuvga qo'yilgani haqida rasmiy ma'lumot berilmagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling

So`nggi xabarlar

Yangiliklar