Foto: Freepik
Oʻtgan yili Oʻzbekistonda chaqaloqlar oʻlimi koʻrsatkichlari oshdi. Bu haqda Oliy Majlis Senati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Parlament a’zolari onalar va bolalarni reproduktiv salomatligini muhofaza qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish masalasini muhokama qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilda chaqaloqlar o‘limi 7214 nafarni tashkil etgan, bu 2020-yilga nisbatan 160 nafarga ko‘pdir (7054). Hududlarda 2018-2022-yillarda bolalarda tug‘ma va irsiy kasalliklarni barvaqt aniqlash Davlat dasturi ijrosini ta’minlashda qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.
Qayd etilishicha, senatorlar bugungi kunda tug‘ruqxona muassasalarining moddiy-texnik bazasini xalqaro andozalar asosida mustahkamlash, zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash masalasi hal etilmaganiga e’tibor qaratishgan.
Xabar qilinishicha, shu munosabat bilan Senat Kengashi tomonidan onalik va bolalikni muhofaza qilish, reproduktiv salomatlikni saqlash bo‘yicha profilaktika chora-tadbirlarining amalga oshirilishi holatini o‘rganuvchi ishchi guruh tuzilgan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling