Foto: nesluhi.info
Rossiyaning Tolyatti shahrida sobiq sevgilisining mashinasini yoqib yuborgan oʻzbekistonlik yigit qoʻlga olindi. Bu haqda “Non Rumors” nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, voqea 5-dekabrga oʻtar kechasi sodir boʻlgan. Unga koʻra, avtoturargohlardan birida Audi Q5 yonib ketgan, yetkazilgan zarar 250 ming rublga baholangan.
Tergovchilarning maʼlum qilishicha, yigit bu ishni sobiq sevgilisiga boʻlgan begʻaraz muhabbati va hasad tufayli yoqib yuborgan.
Hozirda gumonlanuvchi hibsga olingan. Xabarga koʻra, unga besh yilgacha qamoq jazosi belgilanishi mumkin.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling