Foto: newsfeed.org
O'zbekiston aholisining 70 foiz qismi internetdan, ularning 18,3 foizi esa ijtimoiy tarmoqlardan foydalanadi. Bu haqda “Datareportal.com” xabar berdi.
Qayd etilishicha, mamlakatda foydalanuvchilar tomonidan eng ko'p Instagram ijtimoiy tarmog'idan foydalaniladi. Hozirgi kunda ushbu tarmoqdan foydalanuvchilar soni 4,8 milliondan oshadi. Foydalanuvchilarning 34,4 foizi ayollar. Foydalanuvchilarning asosiy qismi 18-35 yosh oralig'ini tashkil qiladi.
Ma'lum qilinishicha, O'zbekistonda jami 24,1 million nafar internet foydalanuvchilari mavjud. Ushbu raqamlar yiliga o'rtacha 1,4 foizga o'smoqda. Bundan tashqari, aholining 28,5 foiz qismi 18-35 yosh oralig'ida bo'lib, ijtimoiy tarmoqlar, jumladan, messenjerlardan faol foydalanadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling