Toshkent markazida mashina urib ketishi oqibatida piyoda halok bo'ldi, hodisa bo'yicha boshqarmalar rasmiy izoh bermagan

Baxtsiz hodisa “Yalpiz” kafesi yaqinida sodir bo‘lgan

Foto: Potrebitel.Uz

Foto: Potrebitel.Uz

Toshkent markazida mashina urib ketishi oqibatida piyoda halok boʻldi. Bu haqda “Potrebitel.Uz” maʼlum qilmoqda.

Qayd etilishicha, mazkur voqea 19-noyabr kuni soat taxminan 23:00 atrofida Toshkent shahridagi Shota Rustaveli koʻchasida joylashgan “Yalpiz” kafesi yonida sodir boʻlgan.

Xabarda, avtomobilning markasi va unga tegishli boshqa hech qanday maʼlumotlar keltirilmagan.

Qayd etish joizki, mazkur holat yuzasidan hech bir masʼul boshqarmalar izoh bermagan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling