Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Fransiyaga boradi

Hozirda Parijda Fransiyaning “MEDEF” tadbirkorlar harakati koʻmagi bilan tashkil etilgan biznes forum boʻlib oʻtmoqda

Foto: Prezident matbuot xizmati<br>

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan joriy yilning 21-22-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda boʻladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, tashrif dasturida Parij shahrida oliy darajadagi ikki tomonlama muzokaralar, Fransiya Parlamentining quyi palatasi – Milliy yigʻinida uchrashuv hamda ushbu mamlakatning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari ishtirokida ishbilarmonlik tadbirlarini oʻtkazish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni yanada rivojlantirish, koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish, faol gumanitar va taʼlim almashinuvlarini davom ettirish masalalari oʻrin olgan.

Sammit yakunida oʻndan ortiq muhim ikki tomonlama hujjatlar, shuningdek, investitsiya bitimlari va savdo shartnomalari toʻplamining qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Maʼlum qilinishicha, tashrif kunlari Fransiya poytaxtidagi jahonga mashhur Luvr muzeyi va nufuzli Arab dunyosi institutida Oʻzbekistonning madaniy va tarixiy merosiga bagʻishlangan noyob koʻrgazmalar ochiladi.

Bundan tashqari, shu kunlarda Parijda Fransiyaning “MEDEF” tadbirkorlar harakati koʻmagi bilan tashkil etilgan biznes forum boʻlib oʻtmoqda.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling