BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada tinch aholi qurbonlari soni haqidagi ma’lumotlarni yangiladi.
Unga koʻra, 24-fevraldan 23-oktabrgacha Ukrainaning 16150 nafar tinch aholisi jabr ko‘rgan. Ularning 6374 nafari halok bo‘lgan, 9776 nafari yaralangan.
Qayd etilishicha, aholining aksariyati keng qamrovli portlovchi qurollar, jumladan, ogʻir artilleriya va raketalardan jabrlangan.
Ma'lum qilinishicha, halok boʻlganlarning 2488 nafari erkak, 1700 nafari ayol, 167 nafari qiz va 207 nafari yigitlarni tashkil qiladi.
Shuningdek, qurbonlarning orasida 34 nafar bolalar va 1784 nafar qariyalar bor.
Shu bilan birga, 2078 nafar erkak, 1494 nafar ayol, 204 nafar qiz hamda 289 nafar yigit yaralangan. Jabrlanganlar orasida 242 nafar bola va 5469 nafar qariyalar bor, ularning jinsi nomaʼlum.
"Donbassda 3788 kishi halok boʻlgan, 5111 kishi yaralangan. Donbassning Ukraina nazorati ostidagi hududlarida 3365 kishi halok boʻlgan, 3666 kishi yaralangan. Shuningdek, Rossiya armiyasi nazoratidagi hududlardan 423 kishi halok boʻlgan va 1445 kishi yaralangan", – deyiladi xabarda.
BMT ning taʼkidlashicha, real raqamlar ancha yuqori. Shuningdek, bir qator hududlar, jumladan hozirda shiddatli jangovar harakatlar olib borilayotgan hududlardan maʼlumotlar hali yetib kelmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling