Foto: lenta.ru
Rio de Janeyrolik 51 yoshli bog'bon qoyadan suvga qulab tushishi oqibatida oqim uni kimsasiz orolga olib ketgan. Bu haqda "Lenta ru" xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, bog'bon u yerda och va jaziramada besh kun yashagan. Oroldan toza suv topishning iloji bo'lmagan. Erkak maymunlar ko'mir yeyayotganini ko‘rib, u ham yeyishga harakat qilgan, ammo ko'mir braziliyalikning tishlariga yopishib qolavergan.

Erkak hayotini qandaydir tarzda oroldan topilgan ikkita limon saqlab qoldi.

Suvsiz, och qolgan braziliyalikni orol yonidan suzib o‘tayotgan sayyohlar payqab qolishgan va qutqarishgan