Braziliya junglilarida 26 yil yolg'iz yashagan erkak vafot etdi

Erkak o'zi mansub bo'lgan qabilaning so'nggi vakili bo'lgan

Foto: paudal.com

Foto: paudal.com

Braziliya o'rmonlarida mahalliy qabilalardan birining soʻnggi vakili vafot etdi. U soʻnggi 26 yil toʻliq izolyatsiyada yashagan. Bu haqda DailyMail xabar berdi.

Ma'lum bo'lishicha erkakning jasadi 23-avgust kuni oʻz kulbasi yaqinida hindular milliy fondi xodimlari tomonidan aniqlangan. Ushbu fond uzoq yillar erkakning hayotini kuzatib kelgan.

Marhumning yoshi taxminan 60 atrofida, oʻlimga tabiiy omillar sabab boʻlgani aytilmoqda.

Qayd etilishicha u mansub bo'lgan qabila 70 yillardan buyon plantatorlar tomonidan quvgʻinga uchragan. Braziliya qonunchiligiga koʻra, mahalliy hindular yashaydigan hududlar daxlsiz hisoblanadi. Yer egalari va noqonuniy oltin izlovchilar ularning butunlay yoʻq boʻlib ketishidan manfaatdor — shundan keyin ular hindular yerlarida ish olib borish imkoniga ega boʻladi.

Erkak mansub boʻlgan qabila 4 ming gektar yerga egalik qilgan va xususiy fermalar qurshovida qolib ketgan. 1996-yilda hujum oqibatida qabilaning olti nafar aʼzosi oʻldirilgan va erkak butunlay yolgʻiz qolgan. Shundan keyin xavfsizlik nuqtayi nazaridan uning ortidan maxfiy kuzatuv oʻrnatilgan.

Marhum OAVda “Chuqurdagi odam” nomi bilan mashhur boʻlgan, chunki u doimiy ravishda yer kavlagan. Undan ov qilish maqsadida foydalangan. Ovchilikdan tashqari, termachilik, qisman ziroatchilik bilan shugʻullangan. Baʼzida oʻziga somondan kulba qurgan.

Erkak haqida huquq himoyachisi tashkilotlari hamkorligida bir necha hujjatli film olingan.

Erkak mansub boʻlgan qabila va ular soʻzlashgan til nomaʼlumligicha qolgan. Qabila tashqi dunyo bilan umuman aloqa qilmagan. Bu ular uchun xavfli boʻlishi mumkin boʻlgan, chunki koʻplab kasalliklarga qarshi immunitet yoʻqligi ularning qirilib ketishiga olib kelishi mumkin edi. Olimlar bu kabi guruhlarni odatda masofadan kuzatib borishadi.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling