Foto: Eurosport
“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronladu Saudiya Arabistoni klubidan katta maoshli taklif olgan. Bu haqda "Chempionat" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, nomi oshkor qilinmagan klub portugaliyalik futbolchi uchun yiliga 240 million yevro maosh taklif qilgan. Bu taklif orqali Ronaldu dunyoning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi bo'lishi mumkin edi.
Biroq, ma'lumotlarga qaraganda, futbolchi bu taklifni rad etgan.
Shuningdek, xabarlarga ko'ra, Ronaldu joriy mavsum o‘ziga taqdim qilinayotgan o‘yin vaqtidan norozi va katta ehtimol bilan mavsum yakunida jamoani tark etadi.
Avvalroq, Saudiya Arabistoni futbol federatsiyasi prezidenti Yosir al-Mishal Ronalduni mahalliy chempionatga olib kelish istagi borligini ma’lum qilgan edi.
Ma'lumot uchun, Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted" bilan amaldagi shartnomasi 2023-yilning yozida o‘z yakuniga yetadi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling