O‘zbekistonda 2023—2024-yillarda Chevrolet Cobalt’ning yangilangan versiyasi sotuvi boshlanishi mumkin. Repost.uz manbalariga ko‘ra, yangilangan versiya allaqachon O‘zbekistonga olib kelingan.
UzAuto Motors avvalroq, 2019-yildan boshlab yangi Cobalt avtomobilini ishlab chiqarishni boshlashi reja qilingan edi, ammo kompaniya bu rejadan voz kechgandi.
“Yangi Cobaltʼni yangi deb boʻlmaydi. Braziliyadagi GM kompaniyasi bu loyihani 2016-yilda joriy qilgan. Shu yilning oxirida Cobalt u yerda ham ishlab chiqarishdan olinadi. Biz eski modellar ortidan quvish maqsadga muvofiq emas, deb hisoblaymiz. Shunga koʻra, yangi Cobalt ishlab chiqarish rejasi bekor qilinadi”, – deya ushbu qarorga izoh bergandi “Oʻzavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi oʻrinbosari Aziz Shukurov.
Yangilangan Cobalt'ning narxlari haqida ma'lumot berilmagan.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling