Foto: Reuters
Tayvan mustaqilligi tarafdorlari va "tashqi kuchlar" qizil chiziqni bosib o'tishsa, Pekin "birlashish uchun kuch ishlarish huquqiga ega bo'ladi", deya ogohlantirdi Xitoy davlati kengashi.
"Orolning mustaqilligi bo'yicha "ayirmachilik faoliyati"ning turli shakllari to'liq istisno qilinsa, Xitoy Tayvan bilan "tinch yo‘l bilan qayta birlashish"ga tayyor, uning ustidan nazorat o'rnatishning kuch ishlatish yo'li bilan amalga oshirilishi esa istisno qilinmaydi", deyiladi Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashining Tayvan ishlari va axborot boshqarmasi tomonidan yaratilgan hujjatda.
Shunindek, hujjatda, Xitoy tomoni kuch ishlatmaslikka va'da bermasligi, tashqi kuchlar aralashuvi va juda kam sonli "Tayvan mustaqilligi" tarafdorlariga qarshi barcha zarur choralarni ko'rish imkoniyatini o'zida saqlab qolishini ta'kidlangan.
Qayd etilishicha, Xitoy "tinch bo'lmagan vositalar"dan "eng oxirgi chora" sifatida foydalanadi. Tayvan mustaqilligi tarafdorlari va tashqi kuchlar tomonidan provokatsiyalar va qonun buzilishlari bo‘lgan taqdirda, Pekin o‘zini qat’iy harakatlarni boshlashga haqli deb hisoblaydi.
Shu bilan birga, XXR shu bilan birga nihoyatda katta "samimiyat va sa'y-harakatlar" bilan "qayta birlashish"ga intilmoqchi, deyiladi hujjatda.
"Mustaqil Tayvanni deb qayta birlashishga qarshi chiqish hech qachon Xitoy xalqi tarixi va madaniyati sinovlariga hamda 1,4 milliarddan ortiq xitoylikning qat'iyati va irodasi sinovlariga ham dosh bera olmaydi. Bu borada muvaffaqiyatga erishish mutlaqo imkonsiz", — deya da'vo qildi Xitoy Davlat kengashi.
Xitoy va Tayvan aloqalari orolga 2-avgust kuni AQSH Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosining tashrifidan keyin keskinlashdi. XXR Tayvanni o'z hududi deb hisoblaydi. Shuningdek, Xitoy Tayvanni diplomatik munosabatlar o'rnatgan mamlakatlar vakillari bilan aloqalariga qarshi. Bunday muloqotlar uning suverenitetini buzadi, deb hisoblaydi.
AQSh o'z navbatida, Pelosining safari ularning Tayvanga nisbatan siyosatiga muvofiq kelishini va ziddiyat uchun hech qanday sabablar yo'qligini qayd etdi.
Ko`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling