Ukrainaning besh ming aholisi Rossiyaga evakuatsiya qilindi

Ma'lum qilinishicha, 11-kuni bir sutkada Xarkov viloyatidan minglab odamlar chegarani kesib o‘tgan

Foto: Aussiedlerbote

Foto: Aussiedlerbote

Soʻnggi 24 soat ichida Ukrainaning Xarkov viloyatidan besh ming nafar aholi Rossiyaga evakuatsiya qilindi.

"Xarkov viloyatining besh mingga yaqin aholisi Rossiya Federasiyasi hududiga o‘tkazildi. Ularga yordam ko‘rsatilmoqda. Luganskda qancha odam borligini ayta olmaymiz, ular bilan hech qanday aloqa yo‘q edi”, – deydi viloyat maʼmuriyati rahbari Vitaliy Ganchev.

Belgorod viloyati gubernatori Vyacheslav Gladkovning ma’lum qilishicha, kecha, 11-sentyabr kuni bir sutkada Xarkov viloyatidan minglab odamlar chegarani kesib o‘tgan.

Shuningdek, Kursk va Voronej viloyatlari ham ukrainalik qochqinlarni joylashtirishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga, Kursk gubernatori Roman Starovoyt Belgorod hukumatiga qochqinlarni qabul qilishda yordam berishini aytgan.

Avvalroq, Xarkov viloyatining rahbari Vitaliy Ganchev rasmiylar Kupyansk, Izyum, Shevchenkovo va Balakleyadan aholini evakuatsiya qilishni boshlaganini maʼlum qilgan edi.

Maʼlumotlarga koʻra, Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi 12-sentyabr kuni Balakleya va Izyum qoʻshinlari Donbassni ozod qilish boʻyicha maxsus harbiy operatsiyaning belgilangan maqsadlariga erishish uchun Donetsk yo'nalishiga qayta toʻplanganini maʼlum qilgan.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling