O'zbekistonda kripto-do'konlar faoliyati yo'lga qo'yiladi

Kripto-doʻkon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazildi

Foto: Terabayt.uz<br>

Foto: Terabayt.uz

Oʻzbekistonda kripto-doʻkon faoliyatini tashkil etish tartibi belgilandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanali xabar bermoqda.

Maʼlum qilinishicha, 1-oktyabr kuni kripto-doʻkon faoliyatini amalga oshirish qoidalari Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Mazkur qoidalar kripto-doʻkon faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.

Kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalar amalga oshiriladi. Kripto-doʻkonning elektron platformasi orqali:

— jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish yoki sotish;

— chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni xorijiy valyutada sotib olish yoki sotish.

Kripto-doʻkonlarining savdo obyekti orqali:

— jismoniy shaxslar tomonidan bank oʻtkazmalarini amalga oshirish orqali kripto-aktivlarni milliy valyutada sotib olish;

— mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni naqd pul koʻrinishida milliy yoki xorijiy valyutada sotib olish;

— mijozlar tomonidan kripto-aktivlarni faqat milliy valyutada sotish.

Shuningdek, kripto-doʻkonda quyidagi operatsiyalarni amalga oshirish taqiqlanadi:

— majburiy identifikatsiyadan oʻtkazilmagan mijozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar;

— Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan chiqarilgan kripto-aktivlar bilan operatsiyalar;

— anonim kripto-aktivlar hamda oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni sotib olish yoki sotish operatsiyalari.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling