Toshkent yer usti metrosi bekatlari nomi qanday o'zgaradi?

Bekatlar nomini tarixiy shaxslar nomi bilan almashtirish taklif qilindi

Foto: Repost.uz

Foto: Repost.uz

29-noyabr kuni Transport vazirligida yangi metro bekatlarini nomlash boʻyicha ishchi guruh yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Bu haqda bloger Eldar Asanov o'z Telegram kanalida xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yigʻilishda nomlar boʻyicha bir nechta yaxshi takliflar berilgan.

“Ham tarixiy nomlar, ham bugungi toponimiya inobatga olindi. Jimjimador yoki siyosiy nomlar tanlanmadi. Tarixiy shaxslar ham yaxshi tanlandi. Lekin Ubaydullaxon oʻtmadi”, – deb yozadi Asanov.

Muhrim A'zamxo'jayevga ko'ra, nomlar tez orada ommaga taqdim etiladi.

Shuningdek, ishchi guruh taklif etayotgan nomlar jamoatchilik muhokamasidan soʻng tasdiqlanishini aytilmoqda.

“Bugungi yigʻilishda jami 19 ta (allaqachon ishga tushgan va qurilishi davom etayotgan) bekatga nomlar (baʼzi bekatlar boʻyicha bir necha variant bor) tanlangan”, – deb ta'kidlaydi Muhrim A'zamxo'jayev.

telegramKo`proq xabarlar Telegram kanalimizda Obuna bo`ling